Bugun Farğona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Farğona şahridagi Muhandislik maktabi öquvçilari bilan uçraşdi. Mazkur maktab Özbekiston Respublikasi Prezidentining 278-sonli qaroriga muvofiq Farğona davlat texnika universitetiga biriktirilgan bölib, uçraşuv davomida qarorda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, öquvçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning muhandislik sohasidagi bilim va könikmalarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlaş joizki, bugungi kunda universitetning 8 nafar professor-öqituvçisi mazkur maktabga biriktirilgan. Ular öquvçilarga muhandislik ta’limi, fizika, matematika, kimyo, informatika, axborot texnologiyalari, mexanika muhandisligi hamda sun’iy intellekt yönalişlari böyiça qöşimça bilim va amaliy könikmalar berib kelmoqda.
Uçraşuvda rektor R.Tojiyev muhandislik ta’limiga bölgan talab tobora ortib borayotgani, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan, yangiça fikrlaydigan va innovatsion ğoyalarga ega yoş mutaxassislarga ehtiyoj yuqoriligini ta’kidlab, öquvçilarni ilm-fan va texnik ijodkorlikka qiziqişga undadi.
Şundan söng universitet startap markazi rahbari, “Mard öğlon” davlat mukofoti sovrindori Qudratbek Muhammadjonov öz faoliyati, markazda yaratilgan imkoniyatlar, amalga oşirilayotgan loyihalar va startap taşabbuslari haqida taqdimot ötkazdi.
Taqdimot va suhbatlar davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Xususan, 8-sinf öquvçisi Xojakbar Muhammadiyev özining loyihalari va ixtirolari haqida sözlab berdi. Rektor yoş ixtiroçining taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida unga universitet professor-öqituvçilarini biriktiriş, tajribali mutaxassislar bilan hamkorlikda işlaş hamda universitetning mavjud moddiy-texnik bazasi va laboratoriyalari bilan tanişiş uçun universitetga ekskursiyani taşkillaş böyiça tegişli takliflarni bildirdi.
Şuningdek, maktab öquvçilarining ehtiyojidan kelib çiqib, universitetning talabalar turar joyidan foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqiş, ularni qiziqişlari asosida muhandislik, mexanika, kimyo, IT va boşqa yönalişlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida universitetga ekskursiyalar taşkil etiş taklif qilindi.
Bundan taşqari, öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş uçun universitet tasarrufidagi zamonaviy laboratoriyalarda maşğulotlar taşkil etiş, ularning qiziqiş va loyihalarini amaliy jihatdan rivojlantirişga kömaklaşiş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yoşlarning muhandislik sohasiga bölgan qiziqişini oşiriş, iqtidorli öquvçilarni erta aniqlaş va ularning istiqbolli loyihalarini qöllab-quvvatlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.