Talabalar mobilligi (Xorijdan)


Xorijiy talabalarning FDTU mobillik asosida o‘qishi

Farg‘ona davlat texnika universiteti (FDTU) xorijiy talabalarni bir semestr yoki ikki semestr davomida o‘qish uchun qabul qiladi. Barcha xalqaro talabalar, agar ularning uy universiteti bilan FDTU o‘rtasida amaldagi o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) yoki shartnoma mavjud bo‘lsa, bepul asosda o‘qishi mumkin.

1. Kimlar uchun?

  • Istalgan xorijiy universitet talabasi
  • FDTU bilan amaldagi MoU mavjud bo‘lishi kerak
  • Bakalavriat yoki magistratura bosqichidagi talaba

2. FDTUda bo‘lish muddati

  • 1 semestr (5 oy)
  • 2 semestr (10 oy)

3. FDTUda nimalar qilishi mumkin?

  • Fakultet fanlarini tanlab o‘qish
  • Laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashish
  • Ilmiy tadqiqot loyihalariga qo‘shilish
  • O‘zbek tili va madaniy kurslarda ishtirok
  • Universitetning akademik va madaniy hayotida qatnashish

4. Qabul jarayoni — qanday topshiriladi?

  1. FDTU tomonidan bahorgi  semestr uchun almashinuv uchun qabul oktyabr-noyabr oylarida, kuzgi semstr uchun qabul may-iyun oylarida ochiladi va arizalar qabul qilinadi.
  2. Hamkor universitet nomidan tasdiq xati (nomination letter) yuboriladi
  3. Talaba FDTUga oqish istagini bildirib ariza topshiradi (gugl forma orqali)
  4. O‘quv reja fakultet bilan kelishiladi
  5. Pasport va transkript nusxasi taqdim etiladi
  6. Qabul xati beriladi
  7. Talaba O‘zbekistonga kirish vizasi uchun hujjat topshiradi

5. Kerakli hujjatlar

  • Pasport nusxasi
  • Ariza
  • O‘quv reja (imzolangan)
  • Akademik transkript

6. FDTU tomonidan ko‘rsatiladigan yordam

  • Taklifnoma tayyorlash
  • Vizaga doir yordam
  • Yotoqxona bilan ta’minlash imkoniyati
  • O‘quv jarayoniga moslashuv bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash