TALABA MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI


2026-yil 12-noyabr kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar Farg‘ona davlat texnika universitetida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 88-26 Ir guruh talabasi Ikromjonov Dilyorbek Doniyor o‘g‘li tomonidan tegishli murojaat yo‘llandi.

Mazkur murojaat universitet rektori tomonidan joyida o‘rganib chiqilib, talabaning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun universitet oshxonasi tashqarisida joylashgan xona sartaroshxona faoliyatini tashkil etish maqsadida ajratib berildi.

Ayni paytda talaba o‘z faoliyatini boshlash uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Yaqin kunlarda sartaroshxona o‘z faoliyatini boshlaydi.
 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti