Farğona davlat texnika universitetida universitet rektori, professor Rustam Tojiyevning professor-öqituvçilar, işçi-xodimlar, talabalar hamda ularning ota-onalari bilan sayyor qabuli bölib ötdi.
Qabul davomida iştirokçilar tomonidan turli yönalişlardagi muammolar, taklif va taşabbuslar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan atrofliça fikr almaşilib, ularni hal etiş böyiça mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Jumladan:
— Işlab çiqarişda boşqaruv fakulteti magistranti tomonidan asalariçilik yönalişidagi loyihalar taqdim etilib, ularni amaliyotga tatbiq etişda kömak söraldi. Rektor loyiha taşabbuslarini qöllab-quvvatlab, amaliy yeçim topiş böyiça körsatma berdi.
— Energetika muhandisligi fakulteti tozalik xodimi tomonidan iş haqi ustamalarini oşiriş, tozalaş anjomlarini yangilaş hamda zarur maişiy jihozlar bilan ta’minlaş masalalari kötarildi. Rektor uşbu murojaatlarni ijobiy hal etiş, ustama miqdorini qayta körib çiqiş va zarur jihozlar bilan ta’minlaş böyiça topşiriq berdi.
— Kimyo muhandisligi fakulteti magistranti öz ilmiy loyihasini taqdim etib, uni amalga oşiriş uçun ikkita maxsus jihoz zarurligini bildirdi. Rektor jihozlarni olib beriş, laboratoriya uçun xona ajratiş hamda tadqiqotlarni olib boriş uçun zarur şaroit yaratiş yuzasidan mas’ullarga körsatma berdi.
— Universitet Madaniyat saroyi tozalik xodimi uzoq yillik mehnat faoliyati davomida universitetni özining ikkinçi uyi deb bilişini ta’kidlab, talabalar örtasida tozalik madaniyatini oşiriş, bu borada tarbiyaviy tadbirlar va tyutorlar tomonidan tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş taklifini bildirdi. Mazkur taklif rektor tomonidan töliq qöllab-quvvatlandi.
— Kimyo muhandisligi fakulteti xodimi tomonidan Gerbari fondi loyihasi taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha nafaqat ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, balki universitetning reyting körsatkiçlarini yuksaltirişga ham xizmat qiladi. Loyihani amalga oşiriş uçun zarur jihozlar ajratiş hamda Oliy attestatsiya komissiyasidan tegişli ruxsat oliş jarayonida amaliy yordam söraldi. Rektor uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlab, zarur kömak körsatiş böyiça topşiriq berdi.
— Energetika muhandisligi fakultetidagi mavjud daraxtlarga işlov beriş va yaşil hududlarni obodonlaştiriş masalasi kötarildi. Rektor uşbu işlarni taşkil etiş yuzasidan mas’ullarga vazifalar yukladi.
— Energetika muhandisligi fakultetining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, binoni joriy ta’mirlaş va xonalarni zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qiliş masalalariga ham töxtalib ötildi. Fakultetda yangi rahbar tayinlangani, yaqin vaqt içida ta’mirlaş işlari boşlanişi hamda professor-öqituvçilar va talabalar uçun munosib şaroitlar yaratilişi ta’kidlandi.
— Geodeziya va kartografiya kafedrasi öqituvçisi talabalar amaliy könikmalarini rivojlantiriş uçun zamonaviy kompyuterlar zarurligini bildirdi. Rektor oy yakuniga qadar kafedrani zamonaviy talablarga javob beradigan kompyuter texnikalari bilan ta’minlaş böyiça mas’ullarga topşiriq berdi.
— Universitet hududiga içimlik suvi filtrlari hamda massaj apparatlarini örnatiş taklifi bildirildi. Rektor mazkur taşabbuslarni ma’qullab, ularni qisqa muddatda amalga oşiriş çoralarini körişni topşirdi.
Şuningdek, universitet hududida tozalik va ozodalikni tarğib qiliş, talabalar örtasida ekologik madaniyatni şakllantirişga qaratilgan ijtimoiy roliklar va tarğibot kontentlarini tayyorlaş vazifasi Matbuot xizmatiga topşirildi.
Sayyor qabul yakunida kötarilgan barça masalalar yuzasidan tegişli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Murojaatlarning ijrosi va ularning amaliy hal etilişi nazoratga olindi.