UNIVERSITETDA XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDAGI VILOYAT TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN UCHRASHUV


Joriy yilning 8 oktyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining
SES (Senior expert sevice - xalqaro faoliyat yurituvchi ekspertlar xizmati) xalqaro tashkiloti ekspertlari Karola Tippmann va Gabriele Trost Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti, 4 bosqich bitiruvchi talabalar bilan “Tadbirkorli asoslari” fani doirasida ochiq ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruza doirasida “Farg‘ona” turistik-rekreasion zonasi hududida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, turistik hududlarni kompleks rivojlantirish va infratuzilmani rejalashtirish, ekologik barqaror yechimlarni joriy etish, yangi turistik mahsulot va marshrutlar yaratish, ular uchun maqsadli ichki va xorijiy bozorlarni aniqlash, hududlarni marketing strategiyalarini ishlab chiqish, mavjud ob’yektlarni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilishi yuzasidan ma’lumotlar keltirildi.

Karola Tippmann (Karola Tippmann) - turizmni strategik rejalashtirish, hududiy turizmni rivojlantirish, turistik mahsulotlarni ishlab chiqish, marketing va turizm sohasida sifatni boshqarish bo‘yicha katta xalqaro tajribaga ega SES (Senior expert sevice - xalqaro faoliyat yurituvchi ekspertlar xizmati) xalqaro tashkiloti eksperti.

Gabriele Trost (Gabriele Trost) - arxitektura, shaharsozlik va hududiy rivojlantirish sohalarida katta professional tajribaga ega mutaxassis, SES (Senior expert sevice - xalqaro faoliyat yurituvchi ekspertlar xizmati) xalqaro tashkiloti eksperti.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti