O‘zbekiston–Koreya oliy ta’lim hamkorligi yangi bosqichda


11-sentyabr kuni Seul shahrida o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev “O‘zbekiston–Koreya: bugungi holat va istiqbollar” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Farg‘ona davlat texnika universitetining Koreya Respublikasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi ham alohida qayd etildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, forum doirasida SeoulTech universiteti bilan sun’iy intellekt, Smart City, robototexnika va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, 5 nafar professor-o‘qituvchini FDTUga jalb etish, 10 nafar professor-o‘qituvchini stajirovkaga yuborish hamda 2 nafar tadqiqotchini ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Yonsei universiteti Mirae Campusi bilan talabalar almashinuvi, qo‘shma magistratura va doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Farg‘ona davlat texnika universitetida Koreys tili va madaniyati markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Bundan tashqari, Koreyaning yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik klasterlaridan biri bo‘lgan Seongnam maxsus sanoat zonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ham muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam bo‘ldi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti