Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda dual ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislar tayyorlash borasida Farg‘ona davlat texnika universitetida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitet hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini uzviy bog‘lashga qaratilgan dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tizim asosida 3–4-bosqich talabalari nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida mustahkamlash, zamonaviy energetika obyektlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dual ta’limning amaliyotga joriy etilishi orqali talabalarning ishlab chiqarish muhitiga moslashuvini ta’minlash, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim mazmunini real ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik doirasida, shuningdek, energetika tarmog‘idagi mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish va sohaga innovatsion yechimlar ishlab chiqishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti