Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Botirovich Xodjayev tashrif buyurdi.


Tashrif avvalida Farg‘ona viloyatida raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hududda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda robototexnika va mexatronika sohalarini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishlarda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash hamda texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti