Farg‘ona davlat texnika universitetiga KITECH (Koreya sanoat texnologiyalari instituti) hamda KOAMI (Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi) vakillari tashrif buyurdi


Mazkur uchrashuvda KOAMI direktori Dongryul Kim, menejer Hyuntae Yun, menejer yordamchisi Yunbeom Li, KITECH bosh tadqiqotchisi Yongjoo Cho hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev, universitet mas’ullari ishtirok etishdi

Uchrashuv davomida ishchi guruhlarni shakllantirish, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash (TOT) dasturini amalga oshirish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv dasturlari (syllabus) yuzasidan fikr almashish hamda markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy materiallar va ma’lumotlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti