Farg‘ona davlat texnika universiteti va Janubiy Koreya kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda


Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Janubiy Koreyaning "AHA" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, "AHA" kompaniyasi tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari uchun har yili 10 ta grant ajratiladi. Shuningdek, dual ta’lim, talabalarni amaliyot va ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda universitet-sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti