Farg‘ona davlat texnika universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) rahbariyati va delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi.


Tashrif davomida mehmonlar milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz asosida tantanali ravishda kutib olindi. Dastlab delegatsiya vakillariga universitet talabalari va yosh olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, ilmiy loyihalar hamda zamonaviy texnologik yechimlar namoyish etildi

Shuningdek, SeoulTech delegatsiyasi a’zolari talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, Janubiy Koreya ta’lim tizimi, ilmiy izlanishlar va xalqaro hamkorlik borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv talabalar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti