Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad dual ta’lim tizimi bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rganish va uni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida joriy etish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya Frankfurt shahrida joylashgan MHT Mold & Hotrunner Technology AG korxonasida bo‘ldi. Tashrif davomida korxona rahbari Christian Wagner bilan uchrashuv o‘tkazilib, korxonada oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur hamkorlik universitetda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish, talabalar bilim va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi