Farg‘ona shahrida talabalar va bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan TalabaExpo–2026 kasb ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i hududida o‘tayotgan ko‘rgazmada viloyatdagi talabalar, bitiruvchilar va faol yoshlar ishtirok etmoqda. Tadbir Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov tomonidan ochib berildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga oliy ta’lim muassasalari taqdimotlari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, startap va innovatsion loyihalar, texnologik ishlanmalar, mutaxassislar bilan ochiq uchrashuvlar hamda kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar taklif etilmoqda