Mazkur nufuzli forumda universitetimiz ham faol ishtirok etishdi. Ushbu forumda universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Davlyatov faol ishtirok etib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi muhim muloqotlarda ishtirok etishdi
Kongressning ochilish marosimida O‘zbekiston, Tojikiston va Polsha davlatlarining oliy ta’lim va fan sohasi rahbarlari hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etib, tadbirga rasmiy start berishdi. Shundan so‘ng forum o‘z ishini panel sessiyalarida davom ettirdi.
Shuningdek, kongress doirasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oliygohlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayonda universitetimiz Polshaning AGH Krakow universiteti bilan anglashuv memorandumini imzolab, Yevropa bilan ilmiy va akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga erishdi.