Fargʻona davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kotibiyati boshlig‘i Inatillo Nematov, Farg'ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Tojiyev Rustambek Rasulovich Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.
Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlarni kengaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan keng qamrovli muhokamalar olib borildi.