O‘nga yaqin kimyo laboratoriyalarini o‘zida mujassam etgan ushbu ilmiy markaz talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar va yosh tadqiqotchilarga yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘z innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini yaratadi.