Farg‘ona davlat texnika universitetining 20 nafar iqtidorli talabalari “Green Spark” tanlovi doirasida o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etishdi


Quvonarlisi shundaki, ular orasidan 6 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sh. Davlyatov talabalar bilan uchrashib, ularni erishilgan yutuqlar bilan samimiy tabrikladi hamda Respublika bosqichida ham yuqori natijalarga erishishlariga tilak bildirdi.

Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy salohiyati, tashabbuskorligi va innovatsion fikrlash qobiliyatini yana bir bor namoyon etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi loyihalarni 100 million so‘mgacha moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti