Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy banki va Aloqabank vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yosh tadbirkorlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiya, biznes-reja tuzish tartibi, startap loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, "Kelajakka qadam" dasturi hamda davlat tomonidan yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar hamda kelgusida o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo'lishdi.