Farg‘ona davlat texnika universiteti delegatsiyasi 2026-yil 9–10-fevral kunlari Xitoyning Shandong provinsiyasiga tashrif buyurib, ilmiy-texnikaviy hamkorlik va investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari Aros kompaniyasi rahbariyati va Shandong provinsiyasining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul rahbarlari bilan qishloq xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Ikkinchi kuni delegatsiya vakillari qishloq xo‘jaligiga zamonaviy, yangi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishib, zamonaviy uskunalarning tajriba-sinov jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Muzokaralar yakunida Farg‘onada qishloq xo‘jaligiga yuqori texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan Texnopark tashkil etish yuzasidan texnologik hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi