Yig‘ilish avvalida Ilmiy kengash raisi I. Jahongirov universitetning Arxitektura va qurilish fakulteti ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazilgani haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng ilmiy unvon va darajalarni qo‘lga kiritgan bir qator professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda taqdirlanishdi.

Kengashning asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlari ijrosi, kafedralar uchun kadrlar tanlovi natijalari, universitetning 2025-yildagi faoliyati hamda iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlari, 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi, fakultetlar strategiyasi, ijro intizomi va boshqa muhim masalalar ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama qilindi.