Joriy yilning 23-yanvar kuni Muhtaram Prezidentimiz raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishchi guruhi “og‘ir” toifaga kiruvchi So‘x tumanining Sharqobod mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganishlar olib bordi.
Ushbu o‘rganishlar hududning infratuzilmasini rivojlantirish, turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan mahalla bosh rejasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lib, dastlabki bosqich ushbu mahalla aholisining demografik tahlili va ijtimoiy holatini o‘rganish hamda bunga mutanosib ravishda ijtimoiy obyektlar holati va qamrov darajasi, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishish, shuningdek aholining mahallani rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflarini o‘rganishdan iborat.
Mahalla bosh rejasini ishlab chiqilishi barcha sohalar bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli tahlil va prognozlar hamda istiqboldagi rejalar asosida amalga oshirilishi belgilangan.