Yig‘ilish avvalida universitetda ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida muhim natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar e’tirof etilishdi. Jumladan, Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD) ilmiy darajalarini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritgan ustozlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlanishdi.
Yig‘ilish davomida 2025-yilda Farg‘ona davlat texnika universitetida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va natijalar hamda kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va strategik rejalarga oid batafsil ma’lumotlar berildi.
Ilmiy kengash yig‘ilishida kengash a’zolari faol ishtirok etib, kun tartibidan o‘rin olgan dolzarb ilmiy va tashkiliy masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.