Bugun Farg'ona davlat texnika universiteti Madaniyat saroyida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida “Ilm va ziyo bilan Yangi yil sari” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Dexkanov ochib berib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etdi hamda ishtirokchilariga oliygoh rektori, professor Oʼ.R.Salomovning bayram tabrigini yo’lladi.  Shuningdek, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Jahongirov 2025-yilda Farg‘ona davlat texnika unversitetida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisobi, kelgusi yil uchun belgilangan strategik rejalar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.
Turli ko‘ngilochar o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan boyitilgan bayram tadbiri barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, chinakam bayramona ruhda o‘tdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti