Bugun Fargʻona davlat texnika universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lidagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitetga Xitoyning nufuzli investor kompaniyasi — China Energy Overseas delegatsiyasi tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida FDTU rektori O‘. R. Salomov hamda China Energy Overseas kompaniyasi bosh direktorining yordamchisi Nie Jianming o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Tomonlar universitet va kompaniya o‘rtasida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy laboratoriya tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlari uchun standartlar yaratish, shuningdek, soha yo‘nalishlari bo‘yicha FDTU bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilishdi.

Tashrif doirasida FDTU Energetika fakulteti talabalari ishtirokida seminar ham tashkil etildi. 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti