Universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sh. A.Dehkanov ishtirokida tashkil etilgan yig'ilishda, klub faoliyatining maqsad va vazifalari, yillik ish rejasi va bajariladigan ishlar bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Yig'ilishda Kimyo texnologiya fakulteti "Neft va neft gazni qayta ishlash" kafedrasi o'qituvchisi Islombek O'rinboyev klub rahbari etib ta'yinlandi. Shuningdek, eng faol talabalar orasidan klub kengashi a'zolari ta'yinlandi.