2025-yil 22-oktyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida “UzSeymung Ko” korxonasi mutaxassislari va universitet talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirning maqsadi talabalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda korxona bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida korxona vakillari o'z faoliyat yo‘nalishlari, ishlab chiqarish texnologiyalari, kadrlar tayyorlash borasidagi ehtiyojlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Talabalar o‘z navbatida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, sohaga oid amaliy tajriba va bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Uchrashuv yakunida universitet hamda “UzSeymung Ko” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi bilan talabalarning amaliy ko‘nikma va malakalarini oshirish hamda iqtidiorli  talabalarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti