Tyutorlik lavozimiga tuziladigan mehnat shartnomasi uchun talabgorlar Xodimlar bo'limiga (rektorat binosi 1-qavat) uchrashlari kerak bo‘ladi.
Obyektiv-ma'lumotnoma, my.gov.uz dan olingan mehnat faoliyati ma'lumotnomasi va diplom nusxasi topshiriladi.
Suhbat 2026-yil 19-sentabr kuni soat 14.00da bo'lib o'tadi!
Talabgorlar ro‘yxatga olinib, universitet ishga qabul qilish komissiyasidan tegishli tartibda suhbatdan o‘tadi.
Suhbat jarayoni to'liq videotasvirga olinadi.
Tyutorlarga nisbatan quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
- oliy maʼlumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
- maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlish;
- namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, masʼuliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;
- mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish hamda AKTdan foydalana olishlari lozim.
E'tirozlar va takliflar joyning o‘zida hal etiladi, javob beriladi.
Komissiya qarori muhokama qilinmaydi.