Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalarining ta’lim grantini qayta taqsimlash bo‘yicha 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul qilingan talabalarning natijalari e’lon qilindi.
TA’LIM GRANTLARINI TAQDIM ETISH VA QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI
Farg‘ona davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori talablariga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili yakunlari asosida talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi.
Tanlov doirasida talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi amaldagi mezonlar asosida tegishli komissiyalar tomonidan baholandi. Mazkur baholash natijalari Maxsus komissiya tomonidan umumlashtirilib, 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqsimlash bo‘yicha yakuniy natijalar shakllantirildi. Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha tasdiqlangan natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
E’lon qilingan natijalar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud bo‘lgan hollarda, 48 soat davomida talabgorlar belgilangan tartib asosida apellyatsiya arizasini elektron shaklda quydagi link orqali taqdim etishlari mumkin: