Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi

2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:

 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– transfer.edu.uz;

 xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:

 umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;

 xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

 Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Farg‘ona davlat texnika universitetidan oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash masalalari boʻyicha fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish va ularning tegishli hujjatlaridan (akademik maʼlumotnoma, transkript) nusxa olishlariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida oliy taʼlim tashkiloti komissiyasi aʼzolar tarkibi va ular bilan bog‘lanish telefon raqamlari

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha mas’ullar:

  1. Alaxanov Zokir Muxriddinxonovich - Registrator ofisi menejeri
  2. Kamolov Ziyodullo Valijon o‘g‘li - Registrator ofisi menejeri.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

 95-400-00-82,

95-400-00-85,

95-400-00-86

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti