Hurmatli talabalar!
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan an’anaviy “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” bilimlar tanlovi oʻtkazilmoqda.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy mablag‘lardan mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishdir.
Tanlov joriy yil 12-fevraldan boshlab ro‘yxatga olish asosida tashkil etiladi.
Ishtirok etish uchun talabalar fan olimpiadalari platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim:
https://olimpiada.edu.uz
Barcha talabalarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun fakultet dekanati yoki mas’ul bo‘limga murojaat qilishingiz mumkin.