O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-mart kungi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq,
1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan, joriy o‘quv yili davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lgan talabalar
https://grant.fstu.uz/
platformasi orqali grant joylar uchun tanlovda qatnashish uchun ariza yuborishi mumkin.
Arizalar 2025-yilning 20-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
Ariza topshirish bilan bog‘liq texnik muammolar yuzasidan fakultet dekanatiga yoki biriktirilgan tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.