Hurmatli universitetimizning Eko-innovation 2025 tanlovida 18–35 yoshdagi bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari individual yoki 1–3 nafardan iborat jamoa shakllantirib ishtirok etishga taklif etamiz!

Sizlarga joriy yilning 17–18-sentabr kunlari bo'lib o'tadigan “Eko-innovation - 2025” ko‘rgazmasida namoyish etiladigan, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari tomonidan ishlab chiqilgan, ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ro‘yxati shakllantirilayotganini ma'lum qilamiz.

Mazkur ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi "O‘zbekiston – 2030” strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF–16-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Eko-innovation - 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi sifatida tashkil etilmoqda.

Qadrli talabalar respublikamizdagi mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi loyihalaringiz bo'lsa 2025-yil 15-sentyabr sanasiga qadar https://forms.gle/eZgmv5QYLNvvyFY4A ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tishimiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: @bekzod092.

Tanlov nizomi - https://drive.google.com/file/d/1Pk4sJJu-jl02kW9tMzxFnoOeZ-hgKrnl/view?usp=sharing

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti