Farg‘ona politexnika instituti hududida 2024-2025-yillar mavsumida “Yashil makon” dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 18-sentabrdagi 05/1-3053-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F/25- son farmoyishiga asosan hamda Farg‘ona politexnika institutining 2024 yil 9 oktyabrdagi №527 sonli bo‘yrug‘iga asosan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari kesimida prognoz ko‘rsatkichlari”ni ijrosi ta’minlash maqsadida:
institut tomonidan viloyat shtablari bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun institut tomonidan mas’ul xodim etib institut muhandisi J.Samiev biriktiririldi.
Institutga qarashli hududlarda bush turgan 900 m2 yer uchastkalarida ko‘chat ekiladigan maydonlar aniqlanib, ekish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda;
ko‘chatlarni parvarish qilish uchun mas’ul ishchi xodimlarga biriktirilidi;
belgilangan rejaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan joriy etilgan “Yashil makon” elektron platformasiga ekilgan koʻchatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritib borish ma’sul shaxs institut muhandisi J.Samievga yuklatildi;
koʻchat ekish ishlarini kunlik monitoringini olib borish boʻyicha Shtab faoliyati yo‘lga quyilgan;
belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash jarayonida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaslik, har kim o‘z xohish va istagiga koʻra ishtirok etishlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda;
fakultetlarda koʻchat va qalamchalar xarid qilish uchun talaba-oʻquvchilar, xodimlar va professor-oʻqituvchilardan noqonuniy pul yigʻilishiga yoʻl qoʻymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi;
koʻkalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish, ekilgan koʻchatlarni parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish, payhon qilinishidan saqlash choralarini koʻrish, ekilgan koʻchatlarni toʻliq undirib olishi uchun sugʻorish ishlarini tashkil etish, bunda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni tezkor bartaraf etish choralari bo‘yicha TF va XB boshlig‘i Yo.Nishonovga yuklatildi;
2025 yil bahor mavsumida Farg‘ona politexnika instituti tomonidan Farg‘ona viloyati Quva tumani Kirkidon suv ombori hududida jami 1200 dona manzarali ko‘chatlar (Lipa daraxti – 76 ta, Yapon sakurasi – 100 ta, Sasna – 400 ta, Tuya archasi – 400 ta, Yasin – 224 ta), Farg‘ona shaxar 66-sonli “Muruvvat” MFY Farg‘ona ko‘chasi 86 uyda joylashgan Farg‘ona politexnika instituti hududiga jami 150 dona buta ko‘chatlar (Registr-150 dona), ekilgan. Ushbu ekilgan ko‘chatlarni taluqligi bo‘yicha o‘zlariga biriktirlgan yerlarda, yer egalari tomonidan muhofaza qilish, qurib qolishini oldini olish, oziqlantirilishi, sug‘orilishi, turli xil zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berish, parvarish qilish maqsadida Farg‘ona politexnika institutiga biriktirildi.⁷
Bundan tashqari Farg‘ona politexnika instituti xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yilning bahor mavsumida shaxsiy namuna sifatida ish joyida va uy joylarida jami 470 dan ortiq mevali, manzarali va buta ko‘chatlari ekilgan institut hududlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini ommoviy axborot vositalarida, institutning ijtimoiy tarmoqlar hamda veb saytlarida keng yoritib borish ishlariga ma’sul matbuot kotibi Sh.Eshmatovaga yuklatildi.




