Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Farg‘ona politexnika institutiga xususiy tashabbuskor “THE NEW GRAND HOUSE” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Farg‘ona politexnika instituti xududida (0.3 gektar) 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 26-apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1) Loyiha konsepsiyasi

2) Loyiha haqida ma’lumot

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2023-yil 10-dekabrga qadar Qiziqish bildirish shakli ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

  1. Farg‘ona politexnika instituti: 170100, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 86-uy.

E-mail: ferpi_info@edu.uz, Telefon raqami: +998(73) 241-12-06, (73) 241-13-25;

  1. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.

E-mail: devonxona@edu.uz , Telefon raqami: 71 203-32-23;

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol, 29-uy.

E-mail: Alisher.Normurodov@imv.uz , Tel. raqami:  71 203-50-50 (01936).

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti