2023-2024 o‘quv yili uchun bo‘shab qolgan tyutorlik lavozimiga tanlov e’lon qilinadi.



Tyutorlik lavozimiga tuziladigan mehnat shartnomasi uchun talabgorlar 2023-yil 30-avgust kuni soat 9:00 da suhbatga kelishlari (rektorat binosi 2-qavat, kichik majlislar zali) kerak bo‘ladi.

Talabgorlar ro‘yxatga olinib, institut ishga qabul qilish komissiyasidan tegishli tartibda suhbatdan o‘tadi. 
Suhbat jarayoni to'liq videotasvirga olinadi.

Tegishli Nizom talablari asosida talabgorlar:
-  Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi;
-  25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi;
-  pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan (2 yildan ko‘p bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega bo‘lishi;
-  qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;
-  namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi hamda AKTdan foydalana olishlari lozim.

E'tirozlar va takliflar joyning o‘zida hal etiladi, javob beriladi.
Komissiya qarori muhokama qilinmaydi!

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti