Avval xabar berganimizdek,talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun ariza berish ishlari onlayn platforma orqali amalga oshirilishi borasida ma'lumot bermoqchimiz!
Endilikda siz ya'ni 2,3,4-bosqich talabalari talabalar turar joyga ehtiyoj sezsangiz, DXSH asosida yangi qurilgan 7-TTJdan tegishli tartibda joy olishingiz mumkin.
Buning uchun siz http://ttj-farpi.stutory.uz/ ushbu platforma orqali ariza qoldirasiz va arizangiz tegishli Ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqilib, xulosa beriladi.
Arizalarni qabul qilish muddati 20-avgust etib belgilanadi.
Platformadan foydalanish yuzasidan videoqo'llanma ham tashlab beramiz!
Ha aytgancha, 1-bosqich talabalarimiz uchun alohida 6 ta TTJ tayyorlab qo'yilgan.
Marhamat, qo'shimcha savollar bilan fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari yoki tyutoringizga murojaat qilishingiz mumkin.
Ma'lumot uchun yangi 7-TTJ 500 o'ringa ega.