“Oʻzbekiston- Turkmaniston” ilmiy loyihalar tanlovi



Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi Turkmaniston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikdagi ilmiy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Tanlov yoʻnalishlari:

- Energiya va energiya tejamkor texnologiyalar;

- Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar;

- Farmatsevtika va farmakologiya;

- Nano- va biotexnologiyalar;

- Kimyo-texnologiyalar;

- Yangi materiallar;

- Raqamli iqtisodiyot;

- Oziq-ovqat xavfsizligi;

- Qishloq xoʻjaligi sanoati;

- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

- Tabiiy ofatlarni bashoratlash va ularni oqibatlarini bartaraf etish;

- Suv resurslaridan oqilona foydalanish;

- Yer osti boyliklarini qazib olish texnologiyasi;

- Lazer texnologiyasi va fotonika;

- Raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Turkmaniston tomonidan hamkor topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim.

Loyihaning davomiyligi 24 oydan oshmasligi shart.

Faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza natijalari boʻyicha bir tomondan yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.

Tanlov shartlari.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2023-yil 31-martga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlovga etishda uni amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyaviy mablagʻlarni (5-shakl) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizom”ning 90-bandiga muvofiq toʻgʻri shakllantirish uchun grant.mininnovation.uz  elektron platformasiga quyidagi havolada joylashtirilgan Excel- jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli yuklanishi lozim:

  • ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma xat (pdf);
  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan koʻchirma (.pdf);
  • amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qoʻyilgan holda, pdf va doc/docx).

Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentgining texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin: +998-71-203-32-32 (540).

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan mablagʻlarning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan soʻng toʻliq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning masʼul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlov natijalari Innovatsion rivojlanish agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti