Institutda professor-o‘qituvchilarning tarkibi asosiy shtatda
603 nafarni, ulardan 31 nafari fan doktori-professorlar va
170 nafari fan nomzodi dotsentlarni tashkil qiladi. Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 33,3% jumladan:
- fan doktorlari (DSc) 31 nafar, shundan ayollar fan doktorlari 6 nafari;
- fan doktorlarining (DSc) o‘rtacha yoshi 55 yosh;
- 40 yoshgacha bo‘lgan fan doktorlarining soni 5 nafar;
- fan nomzodlari (PhD) soni 170 nafari, shundan ayol fan nomzodlari 30 nafar;
- fan nomzodlarining (PhD) o‘rtacha yoshi 45 yosh;
- 40 yoshgacha bo‘lgan fan nomzodlarining (PhD) soni 48 yosh;
- Professorlar soni 18 nafar;
- Dotsentlar soni 102 nafar.
Institutda ta’limning “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim” shakli bo‘yicha jami 154 nafar izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida,
2022 yilda jami 67 nafari, shundan 3 nafari doktorantura (DSc) va 54 nafari tayanch doktorantura, 10 nafari mustaqil izlanuvchilik hamda 6 nafari stajyor-tadqiqotchilik institutiga qabul qilingan.
Farg‘ona politexnika institutida ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan jami 17 ta markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazlar bir payitning o‘zida bir necha kafedra va spin-off korxonalarini qamrab oladi. Ya’ni, Farg‘ona politexnika institutining boshqaruv strukturasida markazlar alohida o‘rin egallagan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyot, stajirovkalar markazda olib boriladi. Markazlarga moliyalashtirishning turli manbalari hisobidan jihoz va inventarlar sotib olinadi va mazkur jihozlar ham ilmiy ham o‘quv yo‘nalishida Institutning barcha bo‘lim, kafedralari uchun ochiq tartibda ishlaydi. Tashkil etilgan markazlar tarkibida 14 ta spin - off korxonalari shundan 2 ta Farg‘ona politexnika instituti tasischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilda ilmiy-tadqiqot va amaliy, hamkorlik va xo‘jalik shartnomalaridan umumiy qiymati 13 942 075 000 so‘mlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
|
n |
Project type |
Project number |
|
|
The number (y 2022.) |
The amount of million. sum |
||
|
1 |
Within scientific research, |
12 |
8 900 000 150 |
|
2 |
Within the framework of international joint projects |
2 |
170 400 |
|
3 |
Cooperation projects within the framework of |
10 |
3 890 000 829 |
|
4 |
The institute of “Innovation fund” projects carried out by |
16 |
969 000 075 |
|
5 |
Contract |
517 |
10 300 000 938 |
|
|
TOTAL |
|
23 165 000 888 |
|
170 400 USD |
|||
Institutga joriy yilda soha buyurtmalari hamda xomiylik asosida jami 23 888 165 000 so‘m mablag‘ jalb qilindi.
Institutida 3 ta ilmiy jurnallar faoliyat olib boradi. Shundan, 1 tasi OAK tasarrufidagi «Ilmiy – texnika jurnali» hamda 2 tasi elektron jurnal hisoblanadi. «Ilmiy – texnika jurnali» yiliga 6 ta sonda ilmiy maqolalar e’lon qiladi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari asosida institut professor-o‘qituvchilar tomonidan so‘ngi ikki yilda respublika va xorijiy nashrlarda institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy monografiyalar chop etish soni keskin ortmoqda. 2022 yilda ilmiy-tadqiqot natijalarini patentlash bo‘yicha 12 ta mualliflik huquqi olindi, shundan 1 tasi halqaro. Kompyuter dasturlariga mualliflik guvohnomalari joriy yilda 268 ta guvohnoma olindi. “Scopus” bazasiga kiritilgan jurnallarda 29 ta maqola chop etildi.
2022 yilning avgust oyigacha institutda jami 3 ta, shundan, respublika miqyosidagi 2 ta hamda institut miqyosidagi 1 ta ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkazildi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy nashrlarda jami 89 ta ilmiy monografiyalar chop etildi.
Institutda O’zbekiston Respublikasi OAK qaroriga asosan
4 ta ixtisoslik bo‘yicha Ilmiy Kengashlar ochilgan. Ularning tarkibida 8 ta ixtisoslik bo‘yicha doimiy yoki bir martalik Ilmiy kengashlar faoliyat olib borishmoqda. Joriy yilda Ilmiy kengashlar qoshida
12 nafar himoya o‘tkazilgan bo‘lsa, 37 nafardan ortiq talabgorlarga ixtisoslik fanidan malakaviy imtixon o‘tkazilgan.