Davlat stipendiyalariga saralash tanlovi



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun saralash bosqich tanloviga hujjat topshirgan talabgorlar uchun Vazirlar Mahkamasining  2008-yil 13-avgustdagi 226-son qarorining 2-ilovasidagi NIZOM talabari asosida Chet tili (ingliz, nemis), Òzbekiston tarixi, Informatika va axborot texnologiyalari  fanlaridan imtihon(test)  jarayonlari  2022-yil 18-iyul soat 14.00 da ARM elektron zalida  boshlanishini  e’lon qilamiz.
Imtihon kuni talabgorlar:
 - shaxsini tasdiqlovchi pasportning asl nusxasini olib kelishi talab etiladi;
-imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi;
Imtihon topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
-  uyali telefon yoki boshqa vositalarni kiritish va foydalanish;
- tartibni buzgan talabgorlarga nisbatan komissiya a'zosi  tomonidan belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va imtihondan chetlashtiriladi.
 Imtihon natijalarini  e’lon qilish tartibi:
- talabgorlarning javoblari test natijalari  imtihon komissiyasi tomonidan  baholanadi;
- natijalar farpi.uz rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Apellatsiya berish tartibi:
- natijalaridan norozi bo’lgan talabgorlar  test natijalari e'lon qilingan kun ariza bilan murojaat  qilishlari mumkin;
-  boshqa kunlar  bildirilgan e'tirozlar inobatga olinmaydi.
 
Murojaat uchun telefon: 91 676 11 00  (A.Q. Xomidov)

FarPI telegram kanaliga @farpi_nauka orqali a’zo bo’ling va bundan xam ko’p yangiliklar xaqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling  https://t.me/joinchat/AAAAAFEQ9G2L3rAzr6_Z_g  

“O’zbekiston tarixi”

Informatika va axborot texnologiyalari

Konsultatsiya O'zbekiston tarixi

Konsultatsiya Informatika

Konsultatsiya Chet tili

Chet tili (ingliz tili)

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti