- Baholash mezoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5812-sonli Farmoni asosida oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM talablari asosida ishlab chiqilgan hamda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi o‘rinlarda — bitiruvchilar) o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali Farg‘ona politexnika institutining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati asosida texnikum bitiruvchilari Farg‘ona politexnika institutiga kirish imtixonlarisiz, ushbu hujjatda keltirilgan baholash mezonlari asosida yakka tartibdagi suhbat orqali sinovdan o‘tkaziladilar.
- Quyidagi talablarga javob bergan talabalar yakka tartibdagi suhbat jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar:
- bitiruvchi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (a’lo)» va «4 (yaxshi)», biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi «5 (a’lo)» bo‘lishi;
- texnikumni tamomlaganiga kamida ikki yil bo‘lgan bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
Texnikum bitiruvchilarini Farg‘ona politexnika institutiga yakka tartibdagi suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha BAHOLASH MEZONI