Ma'lumki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022/2023 o‘quv yilida respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
(https://regulation.gov.uz/oz/d/61078)Unda ko‘zda tutilayotgan ayrim o‘zgarishlar ijtimoiy tarmoqlar, jumladan “Qalampir.uz” internet nashrida “OTMga qabul o‘rinlari kamaytirilmoqda” mazmunida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
Aslida qanday?
Loyihaga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari jami 123 460 (bakalavr – 112 378, magistratura uchun – 11 082) nafar etib belgilanmoqda.
Alohida e'tibor qaratish lozimki, bu ko‘rsatkichlarda moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan 36 ta oliy ta'lim muassasasining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlari ko‘zda tutilmagan.
Agarda ushbu parametrlarni ham qo‘shib hisoblasak, 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan qabul kvotalari 10 foizga oshirilib, o‘tgan yilgi 180 ming ko‘rsatkich bu yil 200 mingga yetkazilishi kutilmoqda.
Demak, qabul o‘rinlari kamaymaydi, aksincha oshiriladi.